Qoraqalpog‘istonda Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi barpo etiladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Qoraqalpog‘iston Respublikasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Xo‘jayli tumanida Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi tashkil etiladi.
Markaz hududida IT universitet, startaplar texnoparki va ularni qo‘llab-quvvatlash innovatsion guruhlari, yoshlar bandligini taʼminlashga qaratilgan ishlab chiqarish korxonalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, qurib foydalanishga topshirilgan ijtimoiy soha obyektlari Investor tomonidan tegishli davlat organlari tasarrufiga beg‘araz o‘tkazib beriladi.
Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida davlat muassasasi shaklida Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi direksiyasi tashkil etiladi.