Qoraqalpog‘istonda sovuq tushishi sababli gaz to‘ldirish stansiyalarining faoliyati vaqtincha cheklandi
Qoraqalpog‘istonda sovuq tushishi sababli gaz to‘ldirish stansiyalarining faoliyati vaqtincha cheklandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qoraqalpog‘iston Respublikasida avtomobil gaz to‘ldirish kompressor stansiyalarining faoliyatiga vaqtincha cheklovlar joriy etildi.
«Hududgaz Qoraqalpog‘iston» filiali maʼlum qilishicha, ushbu qaror keskin sovuq tushishi oqibatida magistral gaz quvurlarida bosim pasaygani bilan bog‘liq.
Gaz taqchilligi sharoitida avvalo aholi xonadonlari va ijtimoiy obyektlarni gaz bilan taʼminlashga ustuvor ahamiyat beriladi.
Metan quyish shoxobchalari uchun joriy etilgan cheklovlar vaziyat barqarorlashgunga qadar amal qiladi. Kutilishicha, holat 3–4 kun ichida, taxminan 1–2 mart kunlariga qadar meʼyorga keladi.
Keyinroq O‘zbekiston Energetika vazirligi magistral gaz quvurlaridagi bosim barqaror ekanini maʼlum qildi va metan avtozapravka stansiyalari barcha hududlarda, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham, odatiy tartibda ishlayotganini qayd etdi.