Qoraqalpog‘istonda 4-sinf o‘quvchisi avtomobil boshqarib yurganda ushlandi
Qoraqalpog‘istonda 4-sinf o‘quvchisi avtomobil boshqarib yurganda ushlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qoraqalpog‘istonda yo‘l-patrul xizmati xodimlari umumtaʼlim maktabining to‘rtinchi sinf o‘quvchisi boshqarayotgan mashinani to‘xtatdilar.
Tekshiruv natijasida voyaga yetmaganning qonuniy vasiylariga nisbatan amaldagi qonunchilikka muvofiq qonuniy choralar ko‘rildi va mashina evakuatorga olib ketildi.
Ichki ishlar organlari eslatib o‘tdi, qonunga ko‘ra belgilangan yoshga yetmagan va haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan transport vositasini boshqarish taqiqlangan.
Ota-onalarga farzandlariningbo‘sh vaqtini nazorat qilish, ularni avtomobil boshqarishga yo‘l qo‘ymaslik va yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini tushuntirish tavsiya qilindi, farzandning xavfsizligi uchun javobgarlik kattalar zimmasiga ekani taʼkidlandi.