Valyuta kurslari 16/10/2025
$1 – 12233.67
UZS – 0,4%
€1 – 14233.88
UZS – 1,08%
₽1 – 154.84
UZS – 1,48%
Qidirish
Qoraqalpog‘iston Respublikasida rekombinant inson insulini ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 14 oktyabr kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov “SINTEZ PHARM TECHNOLOGY” MCHJ vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida rekombinant inson insulini va uning analoglarini ishlab chiqarish bo‘yicha loyihani amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar loyihaning istiqbollari, amalga oshirish bosqichlari hamda zarur tashkiliy va investitsion chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha kelishib oldilar.

Shuningdek, kompaniya tomonidan loyiha doirasida xorijiy investitsiyalarni jalb etish ishlari jadal ravishda olib borilayotgani maʼlum qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling