Valyuta kurslari 04/03/2026
$1 – 12209.86
UZS – 0,16%
€1 – 14170.76
UZS – -0,93%
₽1 – 157.53
UZS – 0,03%
Qidirish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 2026 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi 2026 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi 2026 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2026 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kelgusi yillar uchun mo‘ljallangan dasturlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

2026 yil 1 apreldan maʼmuriy boshqaruv jihatdan Nukus shahri tarkibiga kiruvchi “Qaratau” va “Bestobe” mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisiga davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bola taʼminoti uchun ota-onalar to‘loviga 50 foiz kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llaniladi.

Shuningdek, maydoni 5 ming kvadrat metrdan yuqori bo‘lgan savdo komplekslari va mehmonxona (joylashtirish vositalari) xizmatlari bo‘yicha mazkur hududda faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlarga 2027 yil 1 yanvardan 2040 yil 1 yanvarga qadar yer solig‘i va mol-mulk solig‘i stavkalari 90 foizga kamaytirilgan holda qo‘llaniladi.

2028 yil 1 yanvarga qadar: Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joylashgan tijorat banklarining balansida bo‘lgan mol-mulk obyektlari bozor narxida qayta baholanib, 10 yil davomida foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri realizatsiya qilinadi;

realizatsiya qilingan mol-mulk obyektlari bo‘yicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomalariga muvofiq to‘lovlar 6 oy ichida to‘liq to‘langanda shartnoma qiymatining 25 foiziga teng miqdorda chegirmalar beriladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling