Valyuta kurslari 02/03/2026
$1 – 12172.18
UZS – 0,29%
€1 – 14357.09
UZS – 0,27%
₽1 – 157.45
UZS – -0,16%
Qidirish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 2026 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi 2026 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi 2026 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2026 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kelgusi yillar uchun mo‘ljallangan dasturlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–70-son, 21.02.2026 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

2026 yil yakuniga qadar:

yalpi hududiy mahsulot hajmini 8,1 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 8 foizga oshirish;

ishsizlik darajasini 4,2 foizgacha, kambag‘allik darajasini 3,2 foizgacha pasaytirish, Nukus shahri, Qo‘ng‘irot va Chimboy tumanlari hamda 109 ta mahallani ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish;

2030 yilga qadar:

yalpi hududiy mahsulot hajmini 102,4 trln so‘mga, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini 28,9 trln so‘mga yetkazish hamda sanoat va xizmatlar sohasida jami 7,2 mlrd AQSH dollari ekvivalentidagi loyihalarni amalga oshirish;

eksport hajmini 900 mln AQSH dollariga yetkazish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Ekologiya va Orolbo‘yi hududini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi tugatiladi.

Vazirlar Kengashi Raisining yaylovlardan samarali foydalanishni tashkil etish, chorva ozuqa bazasini mustahkamlash va chorvachilikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi kiritiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling