Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
O‘zbekiston 15/05/2025 Qorabog‘soy ko‘prigining qulashi: Mutaxassislar tuzilmani xavfli holatda deb e’lon qilishmoqda

Qorabog‘soy ko‘prigining qulashi: Mutaxassislar tuzilmani xavfli holatda deb e’lon qilishmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 13-may kuni soat 20:00 atrofida A-373 avtomobil yo‘lining 85-kilometrida Qorabog‘soy ko‘prigi chetidagi oxirgi oraliq qurilmasi, ya’ni piyodalar yo‘lagi (bir bona oraliq qurilma balka 22.1 m) qulab tushgan.

Voqea tufayli mazkur uchastkada harakat vaqtincha toʻxtatildi va muqobil yoʻnalish – D-019 avtomobil yoʻliga yoʻnaltirildi.

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi topshirig‘i bilan “O‘zyulko‘prik” ishlab chiqarish klasteriga qarashli ko‘priklar va sun’iy inshootlar diagnostikasi bo‘limi mutaxassislari tezkorlik bilan ob’ektni texnik ko‘rikdan o‘tkazdi va o‘z xulosasini taqdim etdi.

Unga ko‘ra, ko‘prik konstruksiyasi texnik holati o‘rganilganda oraliq qurilma to‘sinlarining ma’naviy eskirgani, to‘sinlarning amaldagi yuklamalarni ko‘tara olmasligi, ko‘prik ustki qoplamasi qalinligi me’yoridan ortib to‘sinlarga ortiqcha yuk berayotganligi, to‘sinlar o‘zaro yaxlit bo‘lmay, alohida element sifatida ishlayotganligi hamda ko‘prik ustki qoplamasidagi yoriqlardan va qatnov qismi qoplamasining chekka qismlaridan oqib tushgan suvlar to‘sinlarni butun tanasi bo‘ylab tarqalib, karroziyaga uchratayotganligi, to‘sinlardagi yoriqlardan suv sizib kirib ishchi armaturalarini ham karroziyaga uchratayotganligi aniqlandi. 

O‘tkazilgan tahlillar asosida ko‘prikning texnik holati qoniqarsiz deb topildi.

"Kelajakda potentsial xavfli vaziyatlar yuzaga kelmasligi uchun konstruksiyani to‘liq rekonstruksiya qilish zarur. Magistral yo‘lning ushbu qismi 1-toifaga mansubligini va mavjud ko‘prik parametrlari unga to‘g‘ri kelmasligini inobatga olib, aynan shu yerda muntazam ravishda tirbandliklar yuzaga keladi. Rekonstruksiya ishlari doirasida mutaxassislar yangi toifadagi yo‘l va NK14 va standartlari talablariga javob beradigan yangi ko‘prik qurishni tavsiya qilmoqdalar. 100”, - deyiladi ekspert xulosasida.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling