Qo‘qon shahridagi turar-joy binosida yong‘in sodir bo‘ldi, jabrlanganlar yo‘q
Qo‘qon shahridagi turar-joy binosida yong‘in sodir bo‘ldi, jabrlanganlar yo‘q
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qo‘qon shahrida ko‘p qavatli turar joylardan birida chaqnash ortidan yong‘in kelib chiqdi.
O‘zbekiston FVV maʼlum qilishicha, hodisa haqidagi xabar 25 fevral kuni soat 14:47 da “112” tizimi orqali Farg‘ona viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga kelib tushgan.
Idora maʼlumotlariga ko‘ra, hodisa Qo‘qon shahridagi Bo‘ston mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, qisqa vaqt ichida yong‘inni lokallashtirgan va to‘liq bartaraf etgan.
Hozirda vaziyat viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan to‘liq nazoratga olingan.
Ayni paytgacha jabrlanganlar haqida maʼlumot kelib tushmagan.
Hozirda FVV xodimlari hodisa oqibatlarini bartaraf etish va yuz bergan holatning barcha tafsilotlarini aniqlash ishlarini davom ettirmoqda.