Valyuta kurslari 21/11/2025
$1 – 11914.67
UZS – 0,03%
€1 – 13735.23
UZS – -0,36%
₽1 – 148.27
UZS – 0,53%
Qidirish
Qo'qon shahri uchun turizm konsepsiyasi ishlab chiqiladi

Qo'qon shahri uchun turizm konsepsiyasi ishlab chiqiladi

Qo'qon shahri uchun turizm konsepsiyasi ishlab chiqiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun Qo‘qon shahridagi o‘rganishlarini davom ettirdi.

Qo‘qon yurtimizning qadimiy va boy madaniyatga ega hududlaridan biri bo‘lib, bu yerda hanuzgacha ko‘plab tarixiy obidalar va qadamjolar asrab-avaylab kelinmoqda.

Ho‘qandi Latifda turizm marshrutlarini shakllantirish, madaniy meros obyektlarini ta’mirlash va sayyohlar uchun zamonaviy sharoitlarni yaratish muhim vazifalardan hisoblanadi. O‘rganishlar davomida viloyat hokimi tomonidan turizm sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qator ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Jumladan, Isfara guzar va Qaymoqli guzar MFY hududlarida joylashgan tarixiy Zinbardor jome masjidi, Hamza Hakimzoda uy-muzeyi, shuningdek, Qo‘qon xonligi davriga oid turar-joylar ko‘zdan kechirildi. “Miyon hazrat” madrasasi, qadimiy madrasa va Muqimiy muzeyining holati o‘rganildi.

Viloyat hokimi ushbu obyektlarning tarixi haqida mahalliy aholi vakillari bilan suhbatlashdi. Mahallalarni turizm ko‘chalariga aylantirish, bino va inshootlarni asrab-avaylash, restavratsiya ishlarini amalga oshirish, hunarmandlar markazlarini tashkil etish, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Qo‘qonda davlat muhofazasidagi ko‘plab tarixiy binolar mavjud bo‘lib, ulardan turizm marshrutlarini tashkil etishda samarali foydalanish uchun aniq konsepsiya va amaliy rejalar ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi. Bu borada Qo‘qon tarixini yaxshi biladigan mutaxassislar bilan hamkorlik alohida ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

Bundan tashqari, “Qo‘qonsoy” atrofini obodonlashtirish, hudud imkoniyatlaridan samarali foydalanish, turistlarga xizmatlar sifatini yaxshilash, investor va tadbirkorlarni jarayonlarga jalb etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

O‘rganishlar yakunida shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish va ular ijrosini muntazam muhokama qilib borish topshirig‘i berildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling