Qonunchilik palatasida kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish to'g'risidagi qonun loyihasi qabul qilindi
Qonunchilik palatasida kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish to'g'risidagi qonun loyihasi qabul qilindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Ushbu qonun loyihasi kreativ iqtisodiyot sohasini tizimli rivojlantirish, ijodkorlar va kreativ tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda sohada innovatsion faoliyatni rag‘batlantirishga qaratilgan.
Qonun loyihasida kreativ iqtisodiyot subyektlarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish, ular uchun qulay tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi va kreativ iqtisodiyot parki rezidentlari tomonidan amalga oshiriladigan bevosita kreativ iqtisodiyot sohalari bilan bog‘liq bo‘lgan loyihalar sifatini oshirish hamda chet ellik kontragentlarni jalb qilish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida imtiyozlar berish taklif etilyapti.
Bundan tashqari, loyihada soha jozibadorligini va undagi ishtirokchilar sonini oshirish uchun yangi tashkil etilgan kreativ iqtisodiyot subyektlarini rezidentlikka qabul qilishda yengilliklarni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Qayd etilganidek, qonun loyihasida nazarda tutilayotgan normalar madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish, xususan, mamlakatimiz aholisi va xorijdan tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun o‘tkazilayotgan madaniy tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etilishiga xizmat qiladi.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.