Valyuta kurslari 17/02/2026
$1 – 12191.30
UZS – -0,24%
€1 – 14464.98
UZS – -0,21%
₽1 – 158.51
UZS – 0,08%
Qidirish
Qonunchilik palatasi raqamli yorliqlash samaradorligini oshirishga qaratilgan qonun loyihasini ma'qulladi

Qonunchilik palatasi raqamli yorliqlash samaradorligini oshirishga qaratilgan qonun loyihasini ma'qulladi

Qonunchilik palatasi raqamli yorliqlash samaradorligini oshirishga qaratilgan qonun loyihasini ma'qulladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida raqamli markirovkalash tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.

Mazkur qonun loyihasida belgilanayotgan normalar masofaviy soliq tekshiruvi jarayonlarini tezkor tashkil etish, soliq to‘lovchi huzuriga bormasdan nazoratni amalga oshirish hamda tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga ortiqcha aralashuvlarning oldini olishga qaratilgan.

Qonun loyihasi raqamli markirovkalash qoidalarini chetlab o‘tish orqali noqonuniy mahsulot aylanmasiga qarshi kurashish, sifatsiz yoki qalbaki tovarlarning bozorga kirib kelishini barvaqt aniqlash va cheklashga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi. Bu esa fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, insofli soliq to‘lovchilar uchun sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishda muhim huquqiy asos bo‘ladi.

Majlisda qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida deputatlar bergan taklif va tavsiyalar Ishchi guruh va qo‘mita a’zolari ishtirokida batafsil ko‘rib chiqilgani, loyiha normalarining mazmuni aniqlashtirilgani, qonunchilik texnikasi talablariga muvofiqlashtirilgani ta’kidlandi.

Deputatlarning qayd etishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi soliq nazoratining zamonaviy mexanizmlarini joriy etishga, raqamli instrumentlar orqali huquqbuzarliklarning oldini olish va iqtisodiyotda ochiqlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling