Valyuta kurslari 28/10/2025
$1 – 12053.46
UZS – -0,53%
€1 – 14026.61
UZS – -0,3%
₽1 – 152.43
UZS – 1,97%
Qidirish
Qonunchilik palatasi Oliy ta’limga oid malakalarni tan olish to'g'risidagi global konventsiyani ratifikatsiya qilishni ma'qulladi

Qonunchilik palatasi Oliy ta’limga oid malakalarni tan olish to'g'risidagi global konventsiyani ratifikatsiya qilishni ma'qulladi

Qonunchilik palatasi Oliy ta’limga oid malakalarni tan olish to'g'risidagi global konventsiyani ratifikatsiya qilishni ma'qulladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda “Oliy ta’limga oid malakalarni tan olish to‘g‘risidagi global konvensiyani (Parij, 2019-yil 25-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.

Oliy ta’lim sohasida malakalarni tan olish global konvensiyasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining oliy ta’lim bo‘yicha birinchi global shartnomasi hisoblanadi. Xususan, u dunyo bo‘ylab oliy ta’lim muassasalariga kirish va ular o‘rtasida mobillikni yaxshilash maqsadida o‘quv kurslari, ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar va malakalarni tan olishning universal tamoyillarini belgilaydi.

Shartnoma muqaddima, 6 bo‘lim va 25 moddadan iborat bo‘lib, oliy ta’limdagi malakalarni tan olish uchun adolatli, shaffof va kamsitilmaydigan global asosni yaratish, mintaqalararo akademik mobillikni kengaytirish hamda talabalar, o‘qituvchilar va tadqiqotchilarning malakalarini tan olish va ularning erkin harakatlanishiga ko‘maklashish, oliy ta’limga oid hujjatlarni tan olishda barcha mintaqalar uchun umumiy va kelishilgan tamoyillarni ishlab chiqish uning asosiy maqsadlari hisoblanadi.

Ushbu konvensiyani ratifikatsiya qilish oliy ta’lim sohasidagi malakalarni adolatli, shaffof va kamsitmasdan tan olish uchun asos yaratadi. Qolaversa, mintaqalararo akademik mobillik uchun imkoniyatlar ochib, kvalifikatsiyalarni tan olish amaliyotini yaxshilashga qaratilgan universal tamoyillarni joriy qiladi.

Shu bilan birga, global konvensiya talabalar uchun butun dunyo bo‘ylab ta’lim va ilmiy tadqiqotlarni davom ettirish imkonini yaratish bilan birga, unga a’zo boshqa yetakchi davlatlar bilan ta’lim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, ularni ommalashtirish va xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatini beradi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling