Qonunchilik palatasi fitosanitariya dezinfeksiyasini litsenziyalash to'g'risidagi qonunni qabul qildi
Qonunchilik palatasi fitosanitariya dezinfeksiyasini litsenziyalash to'g'risidagi qonunni qabul qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda fitosanitar zararsizlantirish faoliyatini litsenziyalashga doir qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Qonun loyihasi bilan fitosanitar zararsizlantirishning zamonaviy usullarini joriy etish, ushbu faoliyatni yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import va eksport qiluvchilar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish ko‘zda tutilmoqda. Shu bilan birga, zararsizlantirish tadbirlari inson hayoti va sog‘lig‘i, atrof-muhit uchun xavfsiz bo‘lgan usullar asosida amalga oshirilishi belgilanmoqda.
Qonun loyihasiga mas’ul qo‘mitaning ma’lum qilishicha, loyihani ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida u ishchi guruh a’zolari va deputatlar takliflari asosida takomillashtirilgan.
Shuningdek, ayni paytda JST talablariga moslashtirishga qaratilgan boshqa qonun loyihasi bilan takrorlanayotgan normalar, xususan, asosiy tushunchalar, vakolatlar, majburiyatlar hamda karantin tartib-taomillariga oid qoidalar ushbu loyihadan chiqarilgan.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.