Qonunchilik palatasi deputatlariga yashil hududlar uchun 412 mln so‘m ajratiladi

Qonunchilik palatasi deputatlariga yashil hududlar uchun 412 mln so‘m ajratiladi

Qonunchilik palatasi deputatlariga yashil hududlar uchun 412 mln so‘m ajratiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish tadbirida ishtirok etdi hamda Toshkent shahrida Milliy dendrologik parkni tashkil etishga start berdi.

Tadbir davomida davlat rahbari aholi va deputatlarni joylarda yashil hududlar barpo etishga kengroq jalb qilishni taklif qildi. Agar ilgari «Mening bog‘im» dasturi doirasida har bir loyiha uchun 250 mln so‘mgacha mablag‘ ajratilgan bo‘lsa, endilikda bu miqdor 400 mln so‘mgacha oshirildi. Har bir yashil bog‘ va jamoat parki uchun aholi tomonidan tanlangan, yashash joylariga yaqin va suv taʼminoti mavjud bo‘lgan hududlarda 1 gektargacha yer maydoni ajratiladi.

Joriy mavsumdan boshlab, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining har bir deputatiga o‘z saylov okrugida yashil hudud va bog‘ tashkil etish uchun 412 mln so‘mdan mablag‘ ajratiladi. Ushbu qaror parlament aʼzolarining shahar va qishloq hududlarini obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirokini kuchaytirishga qaratilgan.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling