Valyuta kurslari 22/12/2025
$1 – 11996.14
UZS – -0,21%
€1 – 14051.08
UZS – -0,3%
₽1 – 148.54
UZS – -1,26%
Qidirish
Qo‘mita majlisida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar shayligi masalalari muhokama qilindi

Qo‘mita majlisida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar shayligi masalalari muhokama qilindi

Qo‘mita majlisida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar shayligi masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil 22-dekabr kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida mamlakatimiz Qurolli Kuchlarini yanada rivojlantirish, fuqarolarning harbiy xizmatni o‘tashi va mamlakat harbiy xavfsizligini taʼminlashga oid masalalar yuzasidan Mudofaa vazirligi tizimida olib borilayotgan ishlar hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash holati to‘g‘risida mudofaa vazirining axboroti eshitildi.

Qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti - Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondonining mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash bo‘yicha belgilab bergan vazifalarning so‘zsiz va sifatli ijrosini taʼminlash maqsadida Mudofaa vazirligi tizimida samarali ishlar olib borilgan. Buning natijasida mamlakatimiz Qurolli Kuchlarining jangovar salohiyati yuqori darajaga ko‘tarilgan.

Milliy armiyamizning jangovar shayligi va tayyorgarligini oshirishda asosan zamonaviy qurolli to‘qnashuvlar tahlillari hamda rivojlangan xorijiy armiyalarning ijobiy tajribalari qo‘shinlarga tatbiq etilgan.

Xususan, AQSH, Buyuk Britaniya, Isroil, Rossiya, Xitoy va Hindiston kabi 10 dan ortiq ilg‘or xorijiy davlatlar armiyalari tajribasini o‘rganish asosida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar shayligiga oid yangi tizim ishlab chiqilib, idoralararo qo‘shma qaror bilan joriy etilgan.

Bunda jangovar shaylik darajasi optimallashtirilib, qo‘shinlarni jangovar shaylikka keltirish muddati 1,2 marotaba qisqartirilgan.

2025-yilda fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish hamda xizmat muddatini o‘tab bo‘lganlarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish tadbirlari rejali amalga oshirilgan.

Mudofaa ishlari bo‘limlari hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining hududiy bo‘limlari bilan hamkorlikda muddatli harbiy xizmatni o‘tab, rezervga bo‘shatilgan fuqarolarning 89,4 foizi ish bilan taʼminlangan.

2025-yilda 385 nafar harbiy xodim imtiyozli ipoteka kreditlari asosidagi yangi xonadonlar, 178 nafari esa xizmat uylari bilan taʼminlangan.

Mudofaa vazirligiga biriktirilgan 14,6 mingdan ziyod “Alohida ishlash talab etiladigan yoshlar” bilan o‘tkazilgan profilaktik-tarbiyaviy tadbirlar natijasida qariyb 3,5 ming yoshlar muddatidan avval profilaktik hisobdan chiqarilgan.

Mudofaa vazirligi tizimida 2025-yilning o‘tgan davrida fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash faoliyati tizimli yo‘lga qo‘yilgan.

2025-yilning 11 oyida Mudofaa vazirligiga jismoniy va yuridik shaxslardan 3 157 ta murojaat kelib tushgan, shundan 1 222 tasi ijobiy hal etilgan, 1 358 ta murojaatga huquqiy maslahat berilgan va 90 tasi o‘rganib chiqilmoqda.

Shuningdek, vazirlik tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘limi tarkibida joriy yil 1 noyabrdan “Call center” bo‘linmasi tashkil etilib, bir oyda kelib tushgan jami 857 ta murojaatlarning 722 tasi og‘zaki hal etilgan, 135 tasi o‘rganib chiqilmoqda.

Muhokama yakunida Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan aniq takliflar aks etgan qarori qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling