Valyuta kurslari 19/09/2025
$1 – 12314.71
UZS – 0,49%
€1 – 14579.39
UZS – 0,43%
₽1 – 148.26
UZS – 0,25%
Qidirish
Qohirada O'zbekiston va Misr savdo-iqtisodiy hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi

Qohirada O'zbekiston va Misr savdo-iqtisodiy hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi

Qohirada O'zbekiston va Misr savdo-iqtisodiy hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston elchisi Mansurbek Qilichev Misr ta'minot va ichki savdo vaziri doktor Sharif Faruq bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot avvalida O'zbekiston va Misrni o'zaro bog'lab turgan tarixiy rishtalar ta'kidlandi. So'nggi yillarda ikki davlat rahbarlari tashabbusi bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishga qaratayotgan katta e'tibor qayd etildi.

O'zbekistonda tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash, davlat xizmatlarini elektronlashtirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni rag'batlantirish, bank-moliya tizimini takomillashtirish bo'yicha olib borilayotgan islohotlar Misr tomonidan yuqori baholandi.

Vazir Sharif Faruqning aytishicha, ichki savdo tizimini takomillashtirish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va bozorlar barqarorligini ta'minlash vazirlikning strategik yo'nalishlari hisoblanadi.

Uchrashuvda ikki tomonlama savdo hajmini oshirish, logistika hamda ta'minot va tarqatish tizimlarini rivojlantirish bo'yicha qo'shma tashabbuslarga e'tibor qaratildi. O'zbekistonning asosiy mahsulotlarni kuzatish bo'yicha zamonaviy raqamli tajriba bilan tanishildi. Qayd etilishicha, bu tizim shaffoflikni kuchaytirish, nazoratni samarali tashkil etish va aholiga mahsulotlarni muntazam yetkazib berishga yordam beradi.

Muzokaralar chog'ida iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va ishbilarmonlar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aloqalarni yo'lga qo'yish tomonlar manfaatiga to'liq javob berishi tasdiqlandi.

Uchrashuv yakunida O'zbekiston investitsiyalarini Misr bozoriga jalb qilish va savdo sohasida qo'shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling