Valyuta kurslari 18/02/2026
$1 – 12137.86
UZS – -0,44%
€1 – 14379.72
UZS – -0,59%
₽1 – 158.13
UZS – -0,24%
Qidirish
Qobul shahrida “Sirdaryoda biznes qiling!” biznes-forumi o‘tkazildi

Qobul shahrida “Sirdaryoda biznes qiling!” biznes-forumi o‘tkazildi

Qobul shahrida “Sirdaryoda biznes qiling!” biznes-forumi o‘tkazildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qobul shahrida “Sirdaryoda biznes qiling!” shiori ostida biznes-forum bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etdi.

Forumda O‘zbekistonning Afg‘onistondagi Favqulodda va muxtor elchisi - Oybek Usmonov, Afg‘oniston Sanoat va savdo vaziri - Nuriddin Aziziy, Afg‘oniston Savdo va investitsiyalar palatasi raisi - Said Karim Hoshimiy, Afg‘oniston iqtisodiyot vaziri o‘rinbosarlari, shuningdek, Sirdaryo viloyati delegatsiyasi hamda afg‘onistonlik tadbirkorlar qatnashishdi.

Forum doirasida Sirdaryo va Afg‘oniston tadbirkorlari o‘rtasida B2B, davlat va biznes vakillari ishtirokida esa G2B uchrashuvlari tashkil etildi.

Biznes-forum yakunida umumiy qiymati 300 million AQSH dollariga teng eksport va import kelishuvlariga erishildi. Mazkur kelishuvlar oziq-ovqat mahsulotlari, un va don, tekstil, qurilish materiallari, kimyo va boshqa sanoat yo‘nalishlarini qamrab oladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling