Valyuta kurslari 04/11/2025
$1 – 11972.34
UZS – -0,27%
€1 – 13786.15
UZS – -0,81%
₽1 – 147.79
UZS – -0,52%
Qidirish
Qit'alarni birlashtiruvchi kino: X Yevropa kinofestivali

Qit'alarni birlashtiruvchi kino: X Yevropa kinofestivali

Qit'alarni birlashtiruvchi kino: X Yevropa kinofestivali

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 7–9 noyabr kunlari Toshkentda va 12 noyabr kuni Termizda X Yevropa Kinofestivali bo‘lib o‘tadi — bu Yevropa va O‘zbekistonni kino tili orqali birlashtiruvchi madaniy voqea.

Bu yil festival oʻzining 10 yilligini nishonlamoqda, bu esa Yevropa va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy muloqotning mustahkamligidan dalolat.

Dasturga 12ta Yevropa davlatlaridan lirik dramalardan tortib, o‘zlikni anglash haqidagi ilhomlantiruvchi hayotiy tanlov va insoniy tuyg‘ular haqidagi hikoyalarni o‘z ichiga olgan 12 ta film kiritilgan. Shuningdek, ispan raqs san’ati ixlosmandlari uchun «Aire Nuevo Danza» (Ispaniya) guruhi tomonidan klassik va zamonaviy raqslardan iborat yorqin chiqishlar taqdim etiladi. Bundan tashqari, Fransiya Alyansi tomonidan Goethe instituti va O‘zbekiston Kino ixlosmandlari uyushmasi hamkorligida “Avlodlar” mavzusida havaskor qisqa metrajli filmlar namoyishlari o‘tkaziladi.

Festival Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi tomonidan, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar elchixonalari bilan hamkorlikda, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi ko‘magida tashkil etiladi.

Barcha namoyishlar bepul. Filmlar original tilda, o‘zbek va/yoki rus tilidagi subtitrlar bilan taqdim etiladi.

Toshkentdagi namoyishlar dasturi
Milliy kino san’ati saroyi (Navoiy ko‘chasi, 15)

7 noyabr 2025
11:00 — “Jonja” / “Yonya” (Germaniya)
O‘smirlik, do‘stlik va o‘zini topish haqida samimiy hikoya. Ilk tuyg‘ular va murakkab qarorlar haqida.

14:00 — “Amadeo” (Portugaliya)
O‘z zamonasidan ilgarilab ketgan, shuning uchun yuqori tovon to‘lagan rassom Amadeu de Souza-Cardoso haqidagi portret film.

18:00 — “Roza of Smyrna” / “Smirnalik Roza” (Gretsiya)
Sevgi va sirga to‘la film — qadimiy sandiq ichida saqlangan xotira va o'tmish haqida hikoya.

8 noyabr 2025
11:00 — “Four Souls of Coyote” / “Chiyabo‘rining To‘rt Ruhi” (Vengriya)
Indeys afsonalariga asoslangan falsafiy animatsiya — qadimiy miflar zamonaviylik bilan qorishib, inson va tabiat o‘rtasidagi bog‘liqlikni eslatadi.

14:00 — “Chasing Unicorns” / “Orzular izidan” (Estoniya)
Startaplar olamida o‘z o‘rnini topishga intilayotgan ayol tadbirkor haqida yengil va kinoyali drama.

18:00 — “Divertimento” (Fransiya)
Parij chekkasida yashovchi ikki opa-singil dirijyor bo‘lishni orzu qiladi — film musiqa, qat’iyat va orzular kuchi haqida.

9 noyabr 2025
11:00 — “My Last Year as a Loser” / “So‘nggi yil” (Sloveniya)
Ulg‘ayish va o‘zini anglash haqidagi komediya: 30 yoshli qahramon hayotda o‘zini boshqalar bilan solishtirishni to‘xtatib, shunchaki yashashni o‘rganadi.

14:00 — “And the King Said, What a Fantastic Machine” / “Shoh va Ajoyib Mashina” (Shvetsiya)
Kamera va medianing dunyoni qanday qabul qilishimizga ta’siri haqidagi hujjatli film — ilk kashfiyotlardan tortib, smartfonlar davrigacha.

18:00 — “Carmen” / “Karmen” (Malta)
50 yoshdan keyin yangi hayot boshlagan ayol haqida hikoya — yumor, erkinlik va o‘ziga ishonch haqida.

Termizdagi namoyishlar dasturi
Termiz kinoteatri

12 noyabr 2025
11:00 — “Dekadentas №2419” / “Dekadent №2419” (Litva)
Insoniyat his-tuyg‘ularini yo‘qotgan kelajak haqida hujjatli film. San’at insoniylikning so‘nggi oroliga aylanadi.

14:00 — “Gipsy Queen” / “Ringdagi Qirolicha” (Avstriya)
Yolg‘iz ona va sobiq bokschi haqida drama — u ringga qaytib, kuch faqat zarbada emas, balki o‘ziga ishonchda ekanini isbotlaydi.

18:00 — “Divertimento” (Fransiya)
Dirijyor bo‘lishni orzu qiluvchi ikki opa-singil haqida film — musiqa, qat’iyat va orzuga sadoqat haqida ilhomlantiruvchi hikoya.

Avstriya, Estoniya, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Ispaniya, Latviya, Litva, Portugaliya va Sloveniya elchixonalariga, shuningdek Goethe instituti va Toshkent Fransiya Alyansiga Yevropa jamoasi — Team Europe ruhida festivalni tashkil etishdagi yordami uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling