Valyuta kurslari 16/09/2025
$1 – 12344.61
UZS – -0,66%
€1 – 14501.21
UZS – -0,45%
₽1 – 149.70
UZS – 1,86%
Qidirish
Qishloq xo‘jaligi vazirligi NuVive kompaniyasi bilan qand lavlagi ishlab chiqarishdagi innovatsiyalarni muhokama qildi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi NuVive kompaniyasi bilan qand lavlagi ishlab chiqarishdagi innovatsiyalarni muhokama qildi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi NuVive kompaniyasi bilan qand lavlagi ishlab chiqarishdagi innovatsiyalarni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov AQShning “NuVive” korxonasi rahbari Albert Duoibes boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

Muloqotda ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, innovatsion loyihani amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.

“NuVive” kompaniyasi — butun dunyo bo‘ylab agro-oziq-ovqat ta’minotida yangicha yondashuv va texnologiyalarni joriy etish bilan mashhur. Ular global iqlim o‘zgarishi, aholining tezkor o‘sishi oqibatida yuzaga kelayotgan oziq-ovqat xavfsizligi muammolarini yechishga qaratilgan ilg‘or modellarni ishlab chiqmoqda.

Delegatsiya O‘zbekistonda yil davomida faoliyat yurituvchi, o‘z-o‘zini ta’minlaydigan shakar lavlagi sanoatini yo‘lga qo‘yish tashabbusini ilgari surdi. Mazkur loyiha mavsumiy qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirib, ishlab chiqarish jarayonlarining uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan.

Birinchi bosqichda tajriba tariqasida issiqxonada aqlli texnologiyalar yordamida shakar lavlagi yetishtirish ko‘zda tutilgan. Keyingi bosqichda esa, ushbu hosilni qayta ishlash uchun zamonaviy korxona qurilishi rejalashtirilmoqda.

Alisher Shukurov uchrashuv davomida Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakolat doirasida ushbu loyihaga har qanday zaruriy yordamni ko‘rsatishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Tomonlar yakunda kelgusida aniq takliflarni ishlab chiqish hamda hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga kelishib olishdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling