Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
«Qirol Sher» multfilmi rejissyori Rob Minkoff O‘zbekiston bilan to‘liq metrajli animatsion film yaratish masalasini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va Gollivud o‘rtasida animatsiya sohasida yangi sahifa ochilishi kutilmoqda.
Bolalar kontentini rivojlantirish markazi rahbari Jahongir Ahmedov bilan jahonga mashhur “The Lion King” multfilmi rejissyori Rob Minkoff o‘rtasida o‘tgan muzokaralar amaliy bosqichga yaqinlashdi.
Muzokaralar doirasida tomonlar qo‘shma to‘liq metrajli animatsion loyiha ustida ishlash imkoniyatlarini muhokama qilgan.
Rob Minkoff loyiha bo‘yicha kelishuvlarni yakunlash uchun tayyor ekanini bildirdi. Animatsion filmga nomi va konsepsiya yaqin vaqt ichida jamoatchilikka taqdim etiladi.