Valyuta kurslari 05/09/2025
$1 – 12437.15
UZS – 0,51%
€1 – 14480.57
UZS – 0,39%
₽1 – 153.34
UZS – 0,14%
Qidirish
Qirg‘izistondan katta miqdordagi kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini olib kelgan shaxslar ushlandi

Qirg‘izistondan katta miqdordagi kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini olib kelgan shaxslar ushlandi

Qirg‘izistondan katta miqdordagi kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini olib kelgan shaxslar ushlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Namangan shahrida yashovchi, 1985 y.t., muqaddam Jinoyat Kodeksining 246 va 251-1-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilgan shaxs eski odatini qo‘msab, Qirg‘iz Respublikasidan kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini olib kelib sotish orqali mo‘may daromad topishni reja qiladi.

Bu maqsadda u qirg‘izistonlik tanishiga aloqaga chiqib, katta partiyadagi dori vositalarini yetkazib berishini so‘raydi.

O‘z navbatida Qirg‘iz Respublikasi fuqarosi 16755 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini aylanma yo‘llar orqali Kosonsoy tumaniga olib kelib, xufiya joyga qoldiradi.

Namanganlik shaxs esa ushbu dori vositalarini Kosonsoy tumanidan Namangan shahriga keltirib berishi uchun o‘zining hamshahariga 500 ming so‘m vaʼda qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda kuryer dori vositalarini xufiya joydan olib ketayotgan vaqtida ushlandi. Shuningdek tezkor tadbir davom ettirilib, buyurtmachi ham protsessual tartibda qo‘lga olindi.

Hozirda ushbu 2 nafar fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 1-qismi va 251-1-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Farg‘ona viloyatida qayd etilgan holatda esa Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar va Bojxona organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qo‘qon shahrida yashovchi, 1980 y.t., muqaddam Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilgan shaxs o‘zining “Treker 2” rusumli avtomashinasida “Farg‘ona–Qo‘qon” yo‘nalishida harakatlanayotgan vaqtida to‘xtatildi.

Avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasida 11200 dona “Regapen” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi maʼlum bo‘ldi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu dori vositalari Qirg‘iz Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali olib kelinganligi aniqlandi. Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasi 1-qismi va 251-1-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling