Valyuta kurslari 01/08/2025
$1 – 12692.42
UZS – 0,8%
€1 – 14511.24
UZS – -0,24%
₽1 – 158.44
UZS – 3,0%
Qidirish
O‘zbekiston 24/07/2025 Qirg‘iziston Prezidenti O‘zbekiston Prezidentini tabrikladi

Qirg‘iziston Prezidenti O‘zbekiston Prezidentini tabrikladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Qirg‘iziston Prezidenti davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Yetakchilar O‘zbekiston-Qirg‘iziston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalarini batafsil muhokama qildilar.

O‘zaro savdo hajmi jadal ortmoqda, sanoat kooperatsiyasi loyihalari, shu jumladan Qo‘shma fond doirasida amalga oshirilmoqda. "Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston" temir yo‘li va Qambarota GESini qurish kabi yirik mintaqaviy infratuzilmaviy loyihalar bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Prezidentlar bo‘lajak oliy darajadagi ikki hamda ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi va kun tartibi yuzasidan ham fikr almashdilar.

#Shavkat Mirziyoyev  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling