Valyuta kurslari 22/12/2025
$1 – 11996.14
UZS – -0,21%
€1 – 14051.08
UZS – -0,3%
₽1 – 148.54
UZS – -1,26%
Qidirish
Qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisining faoliyati tartibga solindi

Qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisining faoliyati tartibga solindi

Qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisining faoliyati tartibga solindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Adliya vazirligida Qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisining faoliyati to‘g‘risidagi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 3728,18.12.2025 y.).

Unga ko‘ra, investitsiya vositachisi mijozning topshirig‘iga binoan, mijoz nomidan va uning hisobidan qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar hamda operatsiyalarni amalga oshiruvchi qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi hisoblanadi.

Investitsiya vositachisi qimmatli qog‘ozlar bozorida shartnoma asosida mijozlarga quyidagi xizmatlarni ko‘rsatishi mumkin:

mijozning nomidan va hisobidan brokerlik xizmatlari;

o‘z nomidan, lekin mijozning hisobidan brokerlik xizmatlari;

depozitar operatsiyalarni;

anderrayterlik xizmatlarini;

market-meykerlik xizmatlarini.

Investitsiya vositachilari emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning joylashtirilmagan qismini sotib olish majburiyatini olib yoki olmagan holda emitent nomidan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni sotish to‘g‘risida shartnomalar tuzishi mumkin.

Investitsiya vositachisiga quyidagilar taqiqlanadi:

tegishli litsenziyasiz qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlarni tuzish;

mijozlar bilan ularning qonunchilikda belgilangan huquqlarini cheklovchi shartnomalar tuzish;

taqiqlangan bitimlar yoki qonunchilik talablarining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan bitimlarda ishtirok etish;

qimmatli qog‘ozlar va ularga doir narxlar to‘g‘risida qasddan buzib ko‘rsatilgan axborotni taqdim etish orqali qimmatli qog‘ozlarni sotib olishga yoki sotishga undash va boshqalar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling