Valyuta kurslari 26/06/2025
$1 – 12531.78
UZS – 0,61%
€1 – 14538.12
UZS – 0,53%
₽1 – 159.82
UZS – 0,92%
Qidirish
O‘zbekiston 26/06/2025 Qidiruvdagi 12 nafar O‘zbekiston fuqarosi BAAdan ekstraditsiya qilindi

Qidiruvdagi 12 nafar O‘zbekiston fuqarosi BAAdan ekstraditsiya qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yaqinda mamlakatimiz huquq-tartibot idoralari tomonidan qidiruvda boʻlgan 12 nafar Oʻzbekiston fuqarosi Birlashgan Arab Amirliklaridan Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bunday natijaga Milliy markaziy byurolarimiz oʻrtasidagi ishlab chiqilgan ikki tomonlama aloqalar orqali erishildi.

Arab hamkasblari bilan oʻtkazilgan virtual uchrashuvda jinoyatchilarni aniqlash va topshirish boʻyicha tezkor-qidiruv tadbirlarini faollashtirish va oʻtkazishda ikki tomonlama yordam koʻrsatish masalalari muhokama qilindi. Turli jinoyatlar sodir etganligi uchun qidiruvda boʻlgan uch nafar shaxsni topshirish tasdigʻi olindi. Shuningdek, keyingi harakatlarni belgilash uchun kuzatuv guruhi BAAga kelganda uchrashish taklif etildi.

Abu-Dabi Interpol Milliy markaziy byurosi va Dubay politsiyasi rahbariyati bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda Birlashgan Arab Amirliklari hududida yashiringan hamda u yerda faoliyat yuritayotgan oʻzbekistonlik jinoiy unsurlar haqida konstruktiv muhokamalar olib borildi. Uchrashuvning birinchi qismida arab va oʻzbek tomonlari oʻzaro hamkorlikda qidiruvdagi shaxslar hamda gumonlanuvchilar roʻyxatlarini almashdilar.

Uchrashuvning ikkinchi qismida Interpolning Toshkentdagi Milliy markaziy byurosi xodimlari qidiruvda boʻlgan oʻn ikki nafar jinoyatchini Oʻzbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilish jarayonini amalga oshirish boʻyicha kelishuvga erishdilar. Bu jinoyatchilar mamlakat sud organlari oldida javob berish va munosib jazo olish uchun topshiriladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling