Valyuta kurslari 23/01/2026
$1 – 12136.92
UZS – 0,12%
€1 – 14191.70
UZS – 0,03%
₽1 – 159.99
UZS – 2,3%
Qidirish
Qazaq Air Ostona va Samarqand o‘rtasidagi reyslar sonini haftasiga uchtaga oshiradi

Qazaq Air Ostona va Samarqand o‘rtasidagi reyslar sonini haftasiga uchtaga oshiradi

Qazaq Air Ostona va Samarqand o‘rtasidagi reyslar sonini haftasiga uchtaga oshiradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qazaq Air aviakompaniyasi Ostona va Samarqand o‘rtasidagi parvozlar sonini oshirib, haftasiga ikki reysdan uch reysgacha kengaytiradi, deb xabar beradi inbusiness.kz axborot agentligi.

Maʼlum qilinishicha, 2026 yil 4 martdan boshlab tashuvchi Ostona — Samarqand — Ostona yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha reysni yo‘lga qo‘yadi. Shu tariqa, juma va yakshanba kunlari amalga oshirilayotgan parvozlarga chorshanba kunigi reys ham qo‘shiladi.

Ostona — Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar narxi 30 366 tengeden boshlanadi, bu 721 192,5 so‘mga teng.

Qazaq Air 2025 yil noyabr oyidan buyon Qirg‘iziston va O‘zbekistonga muntazam xalqaro reyslarni amalga oshirib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida mazkur yo‘nalishlarda qariyb 4,5 ming nafar yo‘lovchi tashilgan.

Kompaniya taʼkidlashicha, reyslar sonini oshirish to‘g‘risidagi qaror barqaror yo‘lovchi talabi fonida qabul qilingan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling