Qazaq Air aviakompaniyasi 7-noyabr kuni Ostonadan Samarqandga to'g'ridan-to'g'ri reyslarni yo'lga qo'yadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qozog‘istonning Qazaq Air aviakompaniyasi joriy yilning 7-noyabridan boshlab Ostona - Samarqand - Ostona yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam reyslar yo‘lga qo‘yilishini e’lon qildi.
Yangi yo‘nalish Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi sayohatlarni yanada qulay qilishga, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi sayyohlik, ishbilarmonlik va madaniy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Parvozlar haftasiga ikki marta - juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Yo‘nalishning yo‘lga qo‘yilishi qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi aviaqatnovlarni kuchaytiradi, sayyohlar, tadbirkorlar va talabalar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Bu, shuningdek, turizm, savdo, ta’lim va madaniy tashabbuslarni rivojlantirishga yangi turtki beradi.