Qatarda sodir bo'lgan yo'l-transport hodisasida 11 yoshli O'zbekiston fuqarosi vafot etdi
Qatarda sodir bo'lgan yo'l-transport hodisasida 11 yoshli O'zbekiston fuqarosi vafot etdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonning Qatardagi elchixonasi tomonidan yo‘l-transport baxtsiz hodisasi oqibatida vafot etgan yurtdoshimizning dafn marosimini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Toshkent shahrida tug‘ilgan 11 yoshli M.A. Qatardagi safari davomida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida, avtotransport vositasi boshqaruvi yo‘qotilishi tufayli bosh qismidan olgan tan jarohatlari sababli hodisa joyida vafot etgan.
Bu haqida maʼlumot kelib tushishi bilan diplomatik vakolatxona tomonidan Qatarning tegishli davlat idoralari bilan hamkorlikda tezkor zarur tashkiliy va huquqiy masalalarni hal etish choralari ko‘rildi.
Marhumning oila aʼzolariga har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatilib, dafn marosimini tashkil etish masalalari ular bilan yaqin hamkorlikda tashkil etildi.
Mintaqada yuzaga kelgan mavjud vaziyat hamda transport-logistika bilan bog‘liq cheklovlar inobatga olingan holda, marhumning jasadi oilasining roziligi bilan barcha milliy va diniy anʼanalarga muvofiq ravishda Qatar Davlatida dafn etildi.