Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
O‘zbekiston 17/04/2025 Qatar Vaqflar va islom ishlari vaziri Samarqandga tashrif buyurdi

Qatar Vaqflar va islom ishlari vaziri Samarqandga tashrif buyurdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qatar Davlati Vaqflar va islom ishlari vaziri Ganem Al-Ganim rasmiy tashrif doirasida Samarqand shahriga keldi.

Safar davomida vazir boshchiligidagi delegatsiya “Inson” ijtimoiy markaziga tashrif buyurib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi hamda ushbu yo‘nalishda qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish masalalarini masʼullar bilan muhokama qildi.

Shuningdek, delegatsiya aʼzolari Samarqandning mashhur tarixiy yodgorliklarini tomosha qilib, uning betakror qadimiy tarixi va noyob meʼmoriy obidalariga yuksak baho berdi. Ular ayniqsa shaharning bugungi kungacha saqlanib qolgan ulug‘vor ko‘k gumbazlari va monumental minoralariga alohida eʼtibor qaratdilar. Bu esa Samarqandning tarixiy ahamiyati va madaniy taraqqiyotining yaqqol dalilidir.

«Samarqand mening orzularimda bo‘lgan, uni ko‘rganimdan so‘ng bu joy yuragimda abadiy qoldi. Dunyodagi eng buyuk shoir va faylasuflar ham uni qalb bog‘i, Sharq durdonasi, olam oynasi, hatto Yer yuzi deb atagan bo‘lsalar-da, uning go‘zalligi va boyligini to‘liq ifoda etishga ojiz», — dedi Qatar Vaqflar va islom ishlari vaziri Ganem Al-Ganim.

Qatar delegatsiyasining O‘zbekiston bo‘ylab tashrifi davom etmoqda. Yaqin kunlarda O‘zbekistonning Ijtimoiy himoya agentligi rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, kelgusida amalga oshiriladigan bir qator muhim yo‘nalishlar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling