Valyuta kurslari 19/06/2025
$1 – 12618.63
UZS – -0,39%
€1 – 14516.47
UZS – -0,85%
₽1 – 160.83
UZS – -0,2%
Qidirish
O‘zbekiston 25/05/2025 Qashqadaryoda “Jihodchilar” oqimining 8 nafar aʼzosi 6 yildan 10 yil 6 oygacha ozodlikdan mahrum etildi

Qashqadaryoda “Jihodchilar” oqimining 8 nafar aʼzosi 6 yildan 10 yil 6 oygacha ozodlikdan mahrum etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Ichki ishlar organlari xodimlarini jalb qilgan holda o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida “Jihodchilar” diniy ekstremistik oqimining yashirin jamoati fosh etildi.

Xususan, Qarshi tumanida yashovchi, 1977 y.t., muqaddam Jinoyat Kodeksining 155, 159, 244 prim 1, 244 prim 2 va boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun bir necha bor sudlangan, o‘ta xavfli retsidivist Qarshi shahri hamda Qarshi tumanida istiqomat qiluvchi, 1964-1986 yillar oralig‘ida tug‘ilgan 7 nafar fuqaroni jalb qilgan holda noqonuniy diniy jamoat tuzgan.

Tergov davrida aniqlanishicha, guruh aʼzolari o‘z yashash xonadonlarida yig‘ilishlar o‘tkazib, “halifalik davlati” barpo etish masalalarini muhokama qilishgan.

Shuningdek, ular ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqaro terroristik tashkilotlarni g‘oyaviy daʼvatchilarining jihod, hijrat, halifalik to‘g‘risidagi audio-video materiallarni o‘zaro bir-birlariga tarqatib, o‘z saflarini kengaytirish maqsadida boshqa fuqarolar ongiga ham ekstremistik g‘oyalarni singdirishga harakat qilishgan.

Taʼkidlash lozimki, guruh yetakchisi va aʼzolarining 4 nafari muqaddam sodir etgan jinoyatlari uchun umrining maʼlum bir qismini panjara ortida o‘tkazgan bo‘lsalarda, o‘z xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqarishmagan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi tuman sudi tomonidan mazkur shaxslar tegishliligi bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 159, 244 prim 1 va 244 prim 2-moddalari bilan aybli deb topilib, ularga 6 yildan 10 yil 6 oygacha bo‘lgan muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling