O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Qashqadaryo viloyatida YHH: bir kishi vafot etdi, ikki kishi kasalxonaga yotqizildi

UzDaily · 07.11.2025 · 21:02 · 1655 views
Qashqadaryo viloyatida YHH: bir kishi vafot etdi, ikki kishi kasalxonaga yotqizildi

Qashqadaryo viloyatida YHH: bir kishi vafot etdi, ikki kishi kasalxonaga yotqizildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 7 noyabr kuni Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani hududidan o‘tuvchi M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 1257 kilometrida “Nexia-2” va “Sobalt” ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Avtohalokat oqibatida 1 nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan, 2 nafar fuqaro turli jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizildi, deb xabar berdi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati.

Hozirda holat yuzasidan G‘uzor tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fuqarolarga ijtimoiy tarmoqlarda jarohatlanganlar va vafot etganlar soni haqida tasdiqlanmagan maʼlumotlarni tarqatmaslik tavsiya etiladi.

 

UzDaily · 👁 1655 views · 07.11.2025 · 21:02