Valyuta kurslari 20/02/2026
$1 – 12169.41
UZS – 0,3%
€1 – 14359.90
UZS – -0,0%
₽1 – 158.95
UZS – -0,09%
Qidirish
Qashqadaryo viloyatida turizm sohasini jadal rivojlantirishga qaratilgan yangi tashabbuslar ishlab chiqilmoqda

Qashqadaryo viloyatida turizm sohasini jadal rivojlantirishga qaratilgan yangi tashabbuslar ishlab chiqilmoqda

Qashqadaryo viloyatida turizm sohasini jadal rivojlantirishga qaratilgan yangi tashabbuslar ishlab chiqilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining topshirig‘iga muvofiq hududlarda turizm sohasi vakillari bilan bevosita muloqot o‘rnatish, istiqbolli loyihalarni aniqlash va ular asosida hududiy amaliy dasturlarni tayyorlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi A.Aqqulov rahbarligidagi Respublika ishchi guruhi Qashqadaryo viloyatida xizmat safarida bo‘ldi.

Safar doirasida viloyat hokimligi, mutasaddi vazirlik va idoralar vakillari, shuningdek, 50 nafardan ziyod turizm sohasida faoliyat yuritayotgan mahalliy tadbirkorlar — turoperatorlar, mehmonxona va umumiy ovqatlanish obyektlari, transport xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlar, dam olish maskanlari hamda madaniy muassasalar rahbarlari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqot davomida Qashqadaryo viloyatida 2025-yilda amalga oshirilgan turizm loyihalari, erishilgan ijobiy ko‘rsatkichlar hamda sohaning hozirgi holati yuzasidan atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi. Shu bilan birga, 2026-yilga mo‘ljallangan asosiy ustuvor yo‘nalishlar — turizm infratuzilmasini takomillashtirish, yangi turizm mahsulotlari va yo‘nalishlarini ishlab chiqish, sayyohlar oqimini ko‘paytirish hamda sohada xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda ilgari surilgan taklif va tashabbuslar asosida Qashqadaryo viloyatida turizmni rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli loyihalarning aniq manzilli rejalari shakllantirildi. Ushbu rejalarning hayotga tatbiq etilishi natijasida viloyatning turistik jozibadorligi oshishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishi hamda mahalliy aholi daromadlari o‘sishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling