Qashg'arda "Xitoy-Qirg'iziston-O'zbekiston-Turkmaniston" multimodal marshrutining ochilish marosimi bo'lib o'tdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoyning Qashg'ar shahrida "Xitoy-Qirg'iziston-O'zbekiston-Turkmaniston" multimodal marshruti bo'yicha yuk tashuvlarining ochilish marosimi bo'lib o'tdi, deb habar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Mazkur multimodal marshrutinining ochilishi "Markaziy Osiyo – Xitoy", "Xitoy – Yevropa"ga eltuvchi yo'llarni diversifikatsiya qilish hamda "O'rta yo'lak" tranzit imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan.
15 oktyabr kuni Qashg'ar shahridan 7 ta avtomobil ushbu marshrut bo'yicha harakatni boshladi. Avtomobillar 21 oktyabr kuni O'zbekistonga va 24 oktyabr kuni Turkmanistonga yetib olishi rejalashtirilgan. Yuklarni bir qismi Turkmanistondan Ozarbayjonga yetkaziladi.
Tadbirda ishtirok etgan Xitoy Transport vazirligi Transport xizmatlari departamenti direktori Say Tuanszening aytishicha, "Xitoy-Qirg'iziston-O'zbekiston-Turkmaniston" multimodal transport marshruti Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy davlat rahbarlarining o'zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga bo'lgan irodalarining nishonasidir.
Tranzit marshruti barcha ishtirokchi mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishiga, o'zaro yuk tashuvlar hajmlarini o'sishiga hamda "Bir makon, bir yo'l" tashabbusining amalga oshishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Mazkur marshrut nafaqat Yevropa, balki Janubiy Osiyo va Yaqin Sharq bozorlariga ham chiqish uchun imkoniyat yaratadi.