Valyuta kurslari 11/11/2025
$1 – 12014.94
UZS – -0,38%
€1 – 13900.08
UZS – -0,12%
₽1 – 148.31
UZS – -0,38%
Qidirish
Qarshida 4 egizak qizaloq dunyoga keldi

Qarshida 4 egizak qizaloq dunyoga keldi

Qarshida 4 egizak qizaloq dunyoga keldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Kitob tumanilik Jasur Maqayev va Dilfuza Bahriddinova 5 nafar qizni katta orzu-havaslar bilan kamolga yetkazayotgandi. Yaqinda bu oilada bir yo‘la yana 4 qizaloq tug‘ildi. Natijada ushbu oila 9 qizli boy xonadonga aylandi.

Egizaklar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo filialida muddatidan oldin kesarcha kesish amaliyoti orqali dunyoga keldi.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning og‘irligi va bo‘yi quyidagicha bo‘ldi: birinchi qizaloq vazni 1400 gr, bo‘yi 37 sm; ikkinchi qizaloq vazni 1450 gr, bo‘yi 38 sm; uchinchi egizakning vazni 1600 gr, bo‘yi 40 sm; to‘rtinchisining vazni 1400 gr, bo‘yi 37 sm.

Hozirda barcha chaqaloqlar mutaxassislar nazoratida bo‘lib, xalqaro tibbiy standartlarga muvofiq zarur parvarish bilan taʼminlanmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling