Valyuta kurslari 27/02/2026
$1 – 12136.57
UZS – -0,0%
€1 – 14318.73
UZS – 0,08%
₽1 – 157.70
UZS – -0,52%
Qidirish
Qarshi shahriga 43 dona yangi va zamonaviy avtobuslar olib kelindi

Qarshi shahriga 43 dona yangi va zamonaviy avtobuslar olib kelindi

Qarshi shahriga 43 dona yangi va zamonaviy avtobuslar olib kelindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qarshi shahriga shahar jamoat transporti tizimini modernizatsiya qilish va kengaytirish uchun mo'ljallangan 43 ta yangi zamonaviy avtobus keldi.

Avtobuslarning yetkazib berilishi Prezidentning viloyat markazlarida yo'lovchilar tashishni rivojlantirish,xavfsizlikni oshirish va aholi uchun qulayroq qilish bo'yicha ko'rsatmalarini izchil amalga oshirish doirasida amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda jamoat transporti harakat tarkibi xorijda ishlab chiqarilgan zamonaviy, barcha qulayliklarga ega avtobuslar bilan yangilanmoqda.

Xususan, viloyatda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Sharofiddin-Nurillo”, “Beshkent Qarshi Trans Servis”, “DilSamo-Nur” korxonalari tomonidan 37 dona YUTONG avtobuslari, “Bazarcha” korxonasi tomonidan esa 6 dona AZIASTAR rusumli avtobuslar.

Bugun viloyat hokimi Murodjon Azimov, nuroniylari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida yangi avtobuslarning shahar yo‘nalishlarida faoliyat boshlashiga bag‘ishlangan tantanali tadbir tashkil etildi.

Yangi avtobuslar Qarshi shahrining transport Bosh rejasi asosida belgilangan 4 ta yo‘nalishlarga joylashtirilmoqda.

Natijada Qarshi shahrida brutto-shartnoma tizimida xizmat ko‘rsatuvchi avtobus yo‘nalishlari soni 12 tani va ularda harakatlanadigan avtobuslar soni 139 taga yetdi.

Ushbu avtobuslar bir kunda 150 ming. nafar viloyat aholisiga sifatli jamoat transporti xizmati ko‘rsatish quvvatiga ega. Joriy yilda 5 ta tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan yana 100 dona Xitoyda ishlab chiqarilgan zamonaviy avtobuslarni xarid qilish hamda 9 ta brutto-shartnoma yo‘nalishlariga joylashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling