Qariyb 9 ming o‘zbekistonlik ikki oyda Misrga safar qildi
Qariyb 9 ming o‘zbekistonlik ikki oyda Misrga safar qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil yanvar–fevral oylarida Misrga turistik maqsadlarda 8 890 nafar O‘zbekiston fuqarosi tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda Milliy statistika qo‘mitasi.
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan ushbu ko‘rsatkich 2,2 ming kishiga kamaygan.
Safarlarning asosiy qismini sayohatlar tashkil etgan bo‘lib, 8 463 nafar fuqaro aynan shu maqsadda Misrga yo‘l olgan. Qarindoshlarni ziyorat qilish maqsadida esa 424 nafar O‘zbekiston fuqarosi ushbu mamlakatga borgan. Yana ikki nafar fuqaro o‘qish uchun, bir nafar esa davolanish maqsadida safar qilgan.
Umumiy safarlar soni kamayganiga qaramay, Misr o‘zbekistonliklar uchun mashhur xorijiy yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda.