Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Qariyb 7 ming o‘zbekistonlik yanvar oyida Tailandga sayohat qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil yanvar oyida O‘zbekistonning 6 890 nafar fuqarosi turistik maqsadda Tailandga sayohat qildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlari dalolat beradi.
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan mazkur ko‘rsatkich qariyb 6 foizga oshgan.
Safarlarning aksariyati sayohat bilan bog‘liq bo‘lgan. Shu maqsadda Tailandga 6 478 nafar O‘zbekiston fuqarosi borgan.
Qarindoshlarini ziyorat qilish maqsadida ushbu mamlakatga 406 nafar fuqaro yo‘l olgan. Taʼlim olish maqsadida esa Tailandga 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi tashrif buyurgan.
Yana 2 ta safar xizmat maqsadida amalga oshirilgan.