Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Qanot Sharq mart oyi oxiridan Toshkent–Frankfurt yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarni ochadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qanot Sharq aviakompaniyasi Toshkent – Frankfurt – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviareyslar yo‘lga qo‘yilishini eʼlon qildi.
Parvozlar haftasiga ikki marta — seshanba va juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Toshkentdan Frankfurtga birinchi reys 2026 yil 31 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Parvozlar zamonaviy Airbus A321-neo havo kemasida amalga oshiriladi.
Yangi yo‘nalish aviakompaniyaning xalqaro parvozlar tarmog‘ini kengaytirish hamda O‘zbekiston bilan Yevropa o‘rtasidagi transport aloqalarini mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ladi.