Valyuta kurslari 20/02/2026
$1 – 12169.41
UZS – 0,3%
€1 – 14359.90
UZS – -0,0%
₽1 – 158.95
UZS – -0,09%
Qidirish
Qanot Sharq 15-dekabr kuni Toshkent-London yo'nalishi bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri reyslarni ishga tushiradi

Qanot Sharq 15-dekabr kuni Toshkent-London yo'nalishi bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri reyslarni ishga tushiradi

Qanot Sharq 15-dekabr kuni Toshkent-London yo'nalishi bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri reyslarni ishga tushiradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qanot Sharq aviakompaniyasi Toshkent-London yo'nalishi bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri muntazam reyslarni ishga tushirishini e'lon qildi.

Reyslar 2025-yil 15-dekabrda boshlanadi va haftasiga ikki marta, dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi. Yangi yo'nalishga xizmat ko'rsatish uchun aviakompaniya uzoq masofali reyslar uchun mo'ljallangan eng yangi Airbus A321-XLR samolyotidan foydalanadi.

Aviakompaniya yangi yo‘nalishdagi qatnovni Buyuk Britaniyaning Gatvik xalqaro aeroportiga (Gatwick – LGW) amalga oshiriladi.

O‘zbekiston hamda Buyuk Britaniya aviatsiya ma’muriyatlari 2024-yili Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan ICAOning havo qatnovi bo‘yicha muzokaralarga bag‘ishlangan "ICAN – 2024" tadbiri doirasida o‘tkazilgan norasmiy uchrashuvda davlatlar o‘rtasida muntazam qatnovlarni amalga oshiruvchi aviakompaniyalar sonini ko‘paytirish bo‘yicha kelishib olgan edi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling