Qamchiq dovonida yuk mashinasi ariqqa tushib ketdi, jabrlanganlar yo‘q

Qamchiq dovonida yuk mashinasi ariqqa tushib ketdi, jabrlanganlar yo‘q

Qamchiq dovonida yuk mashinasi ariqqa tushib ketdi, jabrlanganlar yo‘q

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qamchiq dovonida Toshkentdan Farg‘ona vodiysi tomon harakatlanayotgan Shacman rusumli yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yuk mashinasi yo‘l chetidagi ariqqa tushib ketgan.

Hodisa haqida xabar “Qamchiq” maxsus qidiruv boshqarmasi pultiga kelib tushgan.

Voqea joyiga qutqaruvchilar yetib kelib, maxsus texnika yordamida yuk avtomobilini chiqarib, xavfsiz hududga ko‘chirdi.

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Yo‘lning ushbu qismida harakat buzilmagan, avariya tezkor xizmatlar tomonidan bartaraf etilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling