Qamchiq dovonida yuk mashinasi ag‘darildi, jabrlanganlar yo‘q
Qamchiq dovonida yuk mashinasi ag‘darildi, jabrlanganlar yo‘q
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qamchiq dovonida yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Haydovchi boshqaruvni yo‘qotdi, natijada transport vositasi yon tomonga ag‘darilib, yukini yo‘lga to‘kib yubordi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, hodisa kecha soat taxminan 11:30 larda yuz bergan. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi natijasida hech kim jabrlanmagan.
Hodisa joyiga “Qamchiq” maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi xodimlari tezkor yetib kelib, hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlarini amalga oshirgan hamda yo‘lning ushbu qismida xavfsizlikni taʼminlagan.
Bu avtomagistralning ushbu qismida sodir bo‘lgan birinchi hodisa emas. Bir kun avval deyarli shu hududda Spark rusumli yengil avtomobil yo‘ldan chiqib ketib, ariqqa tushib ketgan.
Qutqaruvchilar haydovchiga ham zarur yordam ko‘rsatgan.