Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Qamchiq dovonida YTH: Damas yo‘ldan chiqib ketdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 3 aprel kuni Qamchiq dovoni orqali o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining bir qismida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, «Vodiy — Toshkent» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan Damas avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada transport vositasi yo‘l chetidan chiqib, ariqqa tushib ketgan.
Hodisa haqidagi xabar “Qamchiq” maxsus qutqaruv boshqarmasiga kelib tushgan. Hodisa joyiga FVV xodimlari tezkor ravishda yetib kelib, maxsus texnika yordamida avtomobilni chiqarib, xavfsiz hududga ko‘chirgan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar qayd etilmagan. Hozirda holat tafsilotlari aniqlanmoqda.