Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
O‘zbekiston 20/06/2025 Putin: Moskva va Toshkent migratsiya masalalarini birgalikda hal etadi

Putin: Moskva va Toshkent migratsiya masalalarini birgalikda hal etadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Rossiya va O‘zbekiston migratsiya masalalarini hal etish bo‘yicha yagona tizimni shakllantirish, jumladan, Rossiya Federatsiyasida mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirayotgan mutaxassislarni oldindan tayyorlash yuzasidan kelishuvga erishdi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin TASS agentligi tomonidan uyushtirilgan dunyoning yetakchi axborot agentliklari rahbarlari bilan uchrashuv chog‘ida maʼlum qildi.

«Biz bugun ijtimoiy siyosat va mehnat bozoridagi vaziyat qanchalik dolzarb ekanini yaxshi tushunamiz. [O‘zbekiston prezidenti] Shavkat Miromonovich [Mirziyoyev] bilan biz aniq kelishuvga erishdik — migratsiya masalalarini birgalikda hal etamiz. Rossiyaning mehnat bozorida maʼlum bir kadr tanqisligi mavjud, O‘zbekistonda esa ijtimoiy bosim kuzatilyapti va biz bu borada umumiy yechimga keldik. Rossiyada ishlashni xohlovchi shaxslarni oldindan tayyorlash juda muhim,» — deya taʼkidladi Rossiya rahbari.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, bu jarayonda yoshlarga alohida eʼtibor qaratiladi, chunki ikki mamlakat yosh avlodlari o‘rtasidagi hamkorlik katta ahamiyat kasb etmoqda va bu, o‘z navbatida, ikki tomonlama sheriklikni yana-da chuqurlashtirishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling