Valyuta kurslari 08/10/2025
$1 – 12038.68
UZS – 0,13%
€1 – 14044.32
UZS – 0,13%
₽1 – 146.62
UZS – 1,29%
Qidirish
Prokuratura organlari xodimlarining nokonuniy harakatlariga chek qo‘yildi

Prokuratura organlari xodimlarining nokonuniy harakatlariga chek qo‘yildi

Prokuratura organlari xodimlarining nokonuniy harakatlariga chek qo‘yildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Davlat tuzilmalarida korrupsion holatlarga chek qo‘yish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyatining Bekobod shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Guliston tuman bo‘limi boshlig‘i hamda Bekobod shahar bo‘limi katta tezkor vakili fuqarodan 25 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Maʼlum bo‘lishicha, ular Zangiota tumanida faoliyat yurituvchi 4 ta MCHJning norasmiy rahbari va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 184-moddasi 3-qismi bilan qo‘zg‘atilib, hozirda jinoyat ishlari bo‘yicha Zangiota tuman sudida ko‘rilayotgan jinoyat ishini ularning foydasiga ijobiy hal qilishni hamda Sirdaryo viloyati Soliq boshqarmasi tomonidan 2 ta MCHJda o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvlarini noqonuniy deb topib berishni vaʼda qilishgan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, IJQKD xodimlari jinoyat ishi doirasida soliq tekshiruvi o‘tkazish orqali aniqlangan zarar miqdorini kamaytirish evaziga MCHJlarning norasmiy rahbaridan muqaddam 108 ming AQSH dollari ham olishgan.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling