Valyuta kurslari 06/02/2026
$1 – 12279.48
UZS – 0,11%
€1 – 14508.21
UZS – 0,11%
₽1 – 159.25
UZS – 0,11%
Qidirish
Probatsiya nazoratini takomillashtirish to'g'risidagi qonun loyihasi ikkinchi o'qishda qabul qilindi

Probatsiya nazoratini takomillashtirish to'g'risidagi qonun loyihasi ikkinchi o'qishda qabul qilindi

Probatsiya nazoratini takomillashtirish to'g'risidagi qonun loyihasi ikkinchi o'qishda qabul qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxslar ustidan nazorat mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.

Qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Jinoyat-ijroiya kodekslari hamda “Probatsiya to‘g‘risida”gi Qonuniga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxslar ustidan probatsiya nazoratini amalga oshirishning aniq huquqiy tartiblari belgilab qo‘yilmoqda.

Xususan, sud tomonidan yuklatilgan majburiyatlarni bajarmagan shaxslarga nisbatan shartli ozod qilishni bekor qilish va ularni jazoni o‘tash uchun yuborish yoki qo‘shimcha majburiyatlar yuklash tartiblari belgilanmoqda. Shu bilan birga, o‘z zimmasidagi majburiyatlarni mas’uliyat bilan bajarib kelayotgan shaxslarga nisbatan ushbu majburiyatlarni qisman yoki to‘liq bekor qilish bo‘yicha sudga taqdimnoma kiritish imkoniyati ham nazarda tutilmoqda.

Ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilingan shaxslar xulq-atvorini samarali nazorat qilishga, sud tomonidan belgilangan talablarni bajarmagan shaxslarga nisbatan ta’sirchan choralar ko‘rishga, qonunga itoatkorlikni mustahkamlashga, shuningdek, huquqbuzarlik va qayta jinoyat sodir etilishi holatlarining oldini olishga xizmat qiladi.

Muhokamalardan so‘ng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling