Valyuta kurslari 06/02/2026
$1 – 12279.48
UZS – 0,11%
€1 – 14508.21
UZS – 0,11%
₽1 – 159.25
UZS – 0,11%
Qidirish
Prezidentning maxsus vakili Qatarning Oʻzbekiston va Afgʻonistondagi elchisi bilan uchrashdi

Prezidentning maxsus vakili Qatarning Oʻzbekiston va Afgʻonistondagi elchisi bilan uchrashdi

Prezidentning maxsus vakili Qatarning Oʻzbekiston va Afgʻonistondagi elchisi bilan uchrashdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 6-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Qatar Davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Hasan bin Hamza Hoshim bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari, shuningdek Afg‘oniston bo‘yicha savdo-iqtisodiy, transport-logistika hamda madaniy-gumanitar hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Qatar tomoni 2025-yil har yili dekabr oyida o‘tkaziladigan Doha forumi doirasida O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha alohida sessiyani tashkil etishga qo‘shgan hissasini yuqori baholadi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda afg‘on yo‘nalishi bo‘yicha konstruktiv muloqotni davom ettirishga o‘zaro tayyor ekanliklari bildirildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling