Prezidentimiz yunon-rum kurashi bo‘yicha jahon chempionati g‘olibiga xonadon sovg‘a qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston prezidenti yunon-rum kurashchisi, so‘nggi 24 yil ichida ushbu sport turi bo‘yicha birinchi jahon chempioni bo‘lgan Aytjan Xolmaxanovga kvartira sovg‘a qildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Sportchiga Nurafshon shahridan uch xonali kvartira topshirilib, uning kalitini viloyat hokimi Zoyir Mirzayev shaxsan o‘zi sovg‘a qildi. Bu yil O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatida bitta oltin, bitta kumush va uchta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Aytjan Xolmaxanov 63 kilogramm vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etib, finalda koreyalik kurashchi Chung Xan-Chjeni mag‘lub etdi. Uning bu yutug‘i 2001-yildan buyon yunon-rum kurashi bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston uchun ilk oltin medal bo‘ldi.