Prezident Mirziyoyev Karachiga yuk reyslari va Lahorga yo‘lovchi reyslarini yo‘lga qo‘yishni eʼlon qildi
Prezident Mirziyoyev Karachiga yuk reyslari va Lahorga yo‘lovchi reyslarini yo‘lga qo‘yishni eʼlon qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil aprelidan boshlab O‘zbekistondan Karachi shahriga muntazam yuk reyslari va Lahor shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lovchi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islomobodda bo‘lib o‘tgan biznes-forum chog‘ida maʼlum qildi.
Davlat rahbari, shuningdek, hozirda Pokiston – Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha yuk tashishlar yo‘lga qo‘yilganini taʼkidlab, bu mintaqaviy logistika va savdoni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochayotganini qayd etdi.
Joriy yilda O‘zbekiston va Pokiston hududlari birinchi forumini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Ushbu tadbir hududlararo hamkorlikni mustahkamlash va ikki mamlakat o‘rtasida ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish uchun muhim maydonga aylanadi.