Valyuta kurslari 02/12/2025
$1 – 11895.57
UZS – -0,38%
€1 – 13826.22
UZS – 0,08%
₽1 – 152.98
UZS – 0,2%
Qidirish
Prezident Mirziyoyev Jizzax viloyatidagi Agromarkaz qishloq xoʻjaligi markaziga tashrif buyurdi

Prezident Mirziyoyev Jizzax viloyatidagi Agromarkaz qishloq xoʻjaligi markaziga tashrif buyurdi

Prezident Mirziyoyev Jizzax viloyatidagi Agromarkaz qishloq xoʻjaligi markaziga tashrif buyurdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifi doirasida Sharof Rashidov tumanidagi “Agromarkaz” qishloq xoʻjaligi korxonalari majmuasida ham boʻldi.

Yurtimizda qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor tufayli sohada imkoniyatlar kengayib, hosildorlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Joylarda agromarkazlar tashkil qilinib, fermer va dehqonlarga kompleks xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyilmoqda.

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida ham ana shunday markaz faoliyat boshladi.

Markazda oʻsimliklarni himoya qilish laboratoriyasi, veterinariya dorixonasi, agronom maslahati, urugʻ va koʻchatlar yetkazib berish, aholi xonadonlariga issiqxonalar qurish, agromarket doʻkoni, mini-texnikalar sotish va ularga xizmat koʻrsatish kabi yoʻnalishlar mavjud.

Bu yerda qishloq xoʻjaligi boʻyicha barcha xizmatlar “yagona darcha” tamoyili asosida yoʻlga qoʻyilgan. Bir gektar joyni qamragan markazning birinchi qavatida oʻsimliklar himoya vositalari doʻkoni, veterinariya dorixonasi, urugʻ doʻkoni, agromarket, mobil brigada xonalari va 8 ta boshqa xizmat xonasi joylashgan.

Ikkinchi qavatda oʻsimliklarni himoya qilish laboratoriyasi mavjud. Shuningdek, tuproq va suv tahlili xonasi, entomologiya hamda fitopatologiya xonalari tashkil etilgan.

Markaz hududida viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi, Agrosanoatni rivojlantirish agentligi boʻlimi, agroinspeksiya, urugʻchilik markazi, qorakoʻlchilik uyushmasi hamda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi boshqa tashkilotlar joylashgan.

Davlatimiz rahbari agromarkaz faoliyati bilan tanishdi, markaz faoliyatini yanada kengaytirish, mijozlar uchun xizmatlarni koʻpaytirish va qishloq xoʻjaligida qoʻshilgan qiymat yaratish boʻyicha tavsiyalarini berdi.

#Shavkat Mirziyoyev  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling