Valyuta kurslari 11/11/2025
$1 – 12014.94
UZS – -0,38%
€1 – 13900.08
UZS – -0,12%
₽1 – 148.31
UZS – -0,38%
Qidirish
Prezident matbuot kotibi OAV erkinligi bo'yicha YXHT vakili bilan uchrashdi

Prezident matbuot kotibi OAV erkinligi bo'yicha YXHT vakili bilan uchrashdi

Prezident matbuot kotibi OAV erkinligi bo'yicha YXHT vakili bilan uchrashdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Aloqa departamenti boshlig'i va Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov O'zbekistonga tashrif buyurgan YXHTning OAV erkinligi bo'yicha vakili Yan Bratu bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida 13-14-noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan YXHTning “Xabardor va barqaror jamiyatlar uchun ommaviy axborot vositalarining hayotiyligini ta’minlash” mavzusidagi 25-Markaziy Osiyo media konferensiyasiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston bunday nufuzli mintaqaviy platformaga mezbonlik qilayotgani mamlakatimizning so‘z erkinligi va media muhitini rivojlantirish borasidagi yutuqlarining e’tirofi ekani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Konferensiya ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar faoliyati hamda media sohasi iqtisodiy asoslarining barqarorligini, jamiyatni ishonchli va tasdiqlangan ma’lumotlar bilan ta’minlash masalalarini batafsil muhokama qilishga qaratilgan.

Amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, strategik kommunikatsiyalar, mediasavodxonlik va faktchekingni rivojlantirish, O‘zbekistonda xorijiy va xalqaro ommaviy axborot vositalari faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish haqida ma’lumot berdi. Dezinformatsiyaga qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, hamkorlik istiqbollari – tajriba almashish, jurnalistlar malakasini oshirish, qo‘shma treninglar va ta’lim dasturlarini o‘tkazish, YXHT yetakchi ekspertlarining O‘zbekistondagi tadbirlarda ishtirok etishi yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar erkin va mas'uliyatli ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish manfaatlari yo'lida ochiq va konstruktiv muloqotni davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling