Valyuta kurslari 27/01/2026
$1 – 12098.12
UZS – 0,11%
€1 – 14353.21
UZS – 1,2%
₽1 – 158.64
UZS – -0,42%
Qidirish
Prezident jamoat xavfsizligi va qo‘riqlash tizimidagi ishlar bilan tanishadi

Prezident jamoat xavfsizligi va qo‘riqlash tizimidagi ishlar bilan tanishadi

Prezident jamoat xavfsizligi va qo‘riqlash tizimidagi ishlar bilan tanishadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasiga tashrif buyuradi. Davlat rahbari tashrif davomida sohada amalga oshirilayotgan ishlar, jamoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar va texnik imkoniyatlar bilan bevosita tanishadi.

Tashrif doirasida Toshkent shahrida xavfsiz muhitni shakllantirish, aholining tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilinadi. Shuningdek, jamoat xavfsizligini taʼminlashda namunaviy amaliyotni yaratish masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi.

Shu kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilib, unda poytaxtda va hududlarda jamoat xavfsizligini samarali taʼminlash, qo‘riqlash xizmatini yana-da takomillashtirish hamda tizim faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab beriladi.

Yig‘ilishda sohadagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish mexanizmlari va ilg‘or tajribani keng joriy etish masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling